← YangiliklarSuratga olish
«Shiroq jasorati» montaj bosqichida
Saklar davri haqidagi tarixiy drama suratga olish ishlari yakunlandi. Taqdimot 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida kutilmoqda.

Muzaffarxon Erkinov rejissyorligidagi «Shiroq jasorati» tarixiy dramasi montaj bosqichiga oʻtdi. Ssenariy muallifi yozuvchi Nazar Eshonqulov.
Film bosqin xavfi ostida qolgan saklar yurti va oddiy yilqiboqar Shiroq haqida. U dushmanga qarshi kurashda qurol kuchidan koʻra aql, iroda va fidoyilikka tayanadi.
Suratga olish ishlari choʻl va togʻ etaklaridagi tabiiy maydonlarda hamda xromakey pavilonida olib borildi. Bosh operator Ravshan Mirzakamolov, bosh rassom Qahramon Matkarimov.
Film taqdimoti 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida boʻlishi kutilmoqda.


