← YangiliklarStudiya
«RAMZ FILM» kinostudiyasiga 20 yil
2006-yil 7-aprelda tashkil topgan studiya 9 ta badiiy film, 4 ta serial va oʻnlab qisqa metrajli asarlar yaratdi.

«RAMZ FILM» kinostudiyasi 2006-yil 7-aprelda kinorejissyor Muzaffarxon Erkinov tomonidan tashkil etilgan.
Yigirma yil ichida studiya 9 ta toʻliq metrajli badiiy film, 4 ta serial, 30 dan ortiq qisqa metrajli va hujjatli film hamda 60 dan ortiq ijtimoiy videorolik ishlab chiqardi. Ijodida inson taqdiri, oilaviy munosabatlar, maʼrifat va tarixiy xotira mavzulari muhim oʻrin tutadi.
Hozir studiya Saklar davriga bagʻishlangan «Shiroq jasorati» tarixiy dramasi ustida ishlamoqda.


