← YangiliklarMukofot
«Maxtumquli Firogʻiy» Buyuk Britaniyada tomoshabinlar mukofotini oldi
ECG Eurasian Film Festival (Romford) filmni Audience Choice Award bilan taqdirladi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan «Maxtumquli Firogʻiy» («Magtymguly Pyragy») filmi Buyuk Britaniyaning Romford shahrida oʻtgan ECG Eurasian Film Festival’da tomoshabinlar mukofoti (Audience Choice Award) bilan taqdirlandi.
Festival diplomida film rejissyori Muzaffarxon Erkinov, Turkmaniston va Oʻzbekiston nomlari koʻrsatilgan.


