← YangiliklarMukofot
«Slavyanska prikazka» festivalida Gran-pri
Bolgariyadagi XIII xalqaro kino va televizion festivalda «Maxtumquli Firogʻiy» rejissyori Gran-pri bilan taqdirlandi.

Bolgariyada oʻtgan XIII «Slavyanska prikazka v Yevraziyskoto prostranstvo» xalqaro kino va televizion festivalida «Maxtumquli Firogʻiy» filmi rejissyori Muzaffarxon Erkinov Gran-pri va «Quyosh xudosi — Gelios» statuetkasi bilan taqdirlandi.
Diplomda mukofot Yevroosiyo makonida madaniy xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan hissa uchun berilgani qayd etilgan.


